Tinch okeanidagi katta bir orolda yashaydigan mahalliy aholi bolta kesa olmaydigan darajadagi yirik daraxtlarni yiqitishning antiqa usulini o‘ylab topgan. Ular daraxtning atrofiga yig‘ilib olib uni tinmay so‘kib, qarg‘aydi.
Ular daraxtning ichida ruhi borligiga ishonadi va o‘sha ruh yomon so‘zlarni eshitishdan bezor bo‘lib daraxtdan chiqib ketadi deb o‘ylaydi.
Keyin nima bo‘ladi, bilasizmi? Bir qancha vaqtdan so‘ng daraxt quriy boshlaydi va salgina zarbaga dosh bera olmay ag‘anab qoladi.
Insonlarga ham aytilgan yomon so‘zlar ularning qalblariga jarohat yetkazadi va xuddi ana o‘sha sho‘rpeshona daraxtlarga o‘xshab ruhining cho‘kishiga, vujudining yiqilishiga sabab bo‘ladi. Odamlar ko‘plab kasalliklarga qattiq xafa bo‘lgani va siqilgani sababli chalinmoqda. Aksar bemorlarning shifo topishiga esa ularning yonida qo‘llab-quvvatlovchi mehribonlari bo‘lib ularga har doim yaxshi so‘zlar aytib turgani sabab bo‘ladi.
Demak, baxtli va sog‘lom bo‘lishning eng o‘ng‘ay yo‘li – yaxshi so‘zlar o‘rniga yomon so‘zlar gapirishni odat qilgan, har doim og‘zidan bodi kirib – shodi chiqib yuradigan kimsalardan uzoq bo‘lmoqdir. Bunday bexosiyat kimsalarning dilingizni xufton etib, tanangizni xuddi daraxt kabi quritishlariga yo‘l qo‘ymang.
Robiya JO‘RAQULOVA tarjima qildi
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Dunyoni kezish istagini uyg‘otadigan, sayohatga ilhomlantiruvchi 5 ta film
PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol!
Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi
Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi