Tayland hukumati 2 oy muddatga O‘zbekiston fuqarolari uchun viza to‘lovlarini bekor qildi. Bu haqda "Bangkok Post" nashri xabar berdi.
Tayland vazirlar mahkamasi 2018 yil 1 dekabrdan 2019 yil 31 yanvargacha bir qator mamlakatlar uchun viza to‘lovlarini bekor qilgan. Ushbu davlatlar ichida O‘zbekiston ham bor.
Hukumat vakili Buddipongse Punnakantaning aytishicha, hukumat 21 ta mamlakatga Tayland vizasi uchun yig‘iladigan 2000 bat (60 dollar) to‘lovni bekor qilgan. Endilikda Andorra, Butan, Bolgariya, Xitoy, Kipr, Efiopiya, Fiji, Hindiston, Qozog‘iston, Latviya, Litva, Maldiv, Malta, Mavritaniya, Papua - Yangi Gvineya, Ruminiya, San-Marino, Saudiya Arabistoni, Tayvan, Ukraina va O‘zbekiston fuqarolari viza uchun pul to‘lamasdan Taylandda 15 kungacha bo‘lishlari mumkin.
Xabarda keltirilishicha, 2018 yilning 9 oyi davomida mamlakatga 28,54 mln turist tashrif buyurgan va bu ko‘rsatkich 8,7 foizga o‘sgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi