Foto: «Tochka Dizayna»
Toshkent markazida «Stalin osmono‘parlari» uslubidagi 27 qavatli turar joy binosi quriladi. Bu haqda «RBK» axborot agentligiga «Murad Buildings» kompaniyasi buyurtmasiga binoan bino loyihasini yaratgan Moskvaning «Tochka Dizayna» arxitektura byurosi xabar berdi, deb yozadi Daryo.
«Minora me’moriy ko‘rinishi Stalin osmono‘par binolaridan ilhomlangan», — deydi loyiha muallifi Vladislav Zaysev.
Binoning old tomoni sharqona naqshlar va tabiiy toshlar elementlari bilan bezatiladi. Ichki bezaklarda tabiiy tosh va massivdan foydalanish rejalashtirilmoqda. «M-Tower» deb nomlangan 136 metrlik minora 2020 yilgacha Yakkasaroy tumanida quriladi. Binoning maydoni 22 ming kvadrat metrdan ziyodni tashkil etadi.
Birinchi qavat xususiy va jamoat joylariga ajratiladi, ikkinchi va uchinchi qavatlar to‘liq savdo maydoniga bag‘ishlanadi: ofislar, do‘konlar, fitness markazi va spa-salon.
To‘rtinchi qavatdan 27-qavatgacha turar joylar joylashadi. Majmua tarkibida shuningdek, garaj binosi, uning tomida restoran, qish bog‘i mavjud bo‘ladi.
«Stalin osmono‘parlari» 1947—1957 yillar mobaynida Moskvada qurilgan yettita baland binolardir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi