18:02 / 26.12.2018
4 665

2019 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari

2019 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari
Qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini uch ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida 2019 yilda fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanish belgilangan.

Mazkur hujjatga muvofiq, 2019 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgiladi:

•2 yanvar – chorshanba;
•22 mart – juma;
•2 sentyabr – dushanba.

2019 yilda quyidagi dam olish kunlari ko‘chirildi:

•5 yanvar – shanba 3 yanvar – payshanbaga;
•1 iyun – shanba 6 iyun – payshanbaga;
•7 sentyabr – shanba 3 sentyabr – seshanbaga;
•28 dekabr – shanba 31 dekabr – seshanbaga.

Farmonda belgilanganidek, byudjet tashkilotlarida ushbu Farmonning 1-bandida belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini uch ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. Har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini hisoblashda mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinib, unga ushbu Farmonda belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlari qo‘shiladi.

Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak. Byudjet tashkiloti hisoblanmagan tashkilotlarda ushbu Farmonning 1-bandiga muvofiq qo‘shimcha dam olish kunlari mehnat ta’tiliga qo‘shimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal normativ hujjatlarda belgilanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » 2019 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari
[/banner_pushhouse