2019 yil 1 yanvar kuni, soat 19.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1442 nafar chaqaloq tug‘ildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, yangi yilning birinchi kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 727 nafari o‘g‘il bola, 715 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p bola Samarqand viloyatida (168 nafar) dunyoga keldi. Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar reytingi bo‘yicha Farg‘ona viloyati (161 nafar) va Qashqadaryo viloyati (146 nafar) kuchli uchlikni yakunlagan.
«Ayni paytda respublika bo‘ylab, Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli 220tadan ortiq tug‘ruq komplekslari tun-u kun faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 230ga yaqin muntazam ishlayotgan navbatchi akusherlar brigadasi xizmat ko‘rsatyapti», - deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2018 yilning birinchi kuni 1961 nafar chaqaloq dunyoga kelgandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktyabr holatiga 33085,2 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 428,5 ming kishiga yoki 1,3 %ga o‘sgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi