Illyustrativ foto.
Namangan shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi katta tergovchisi Mingchinor ko‘chasida yashovchi A.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini yuritayotgan edi.
2019 yil 30 yanvar kuni unga ushbu qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining bir qismini tugatib berishni so‘rab, gumonlanuvchining Tinchlik MFYda yashovchi Z.R. ismli tanishi 500 AQSh dollarini pora sifatida taklif etadi. Tergovchi bu haqda viloyat IIBga murojaat qiladi.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ushbu bildirgi yuzasidan 30 yanvar kuni viloyat ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Z.R. 450 AQSh dollarini xodimga pora sifatida berayotganida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq Z.R.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi