18:16 / 25.03.2019
3 326

Forishda isteʼmolchi 25 mln soʻm zarar yetkazdi

Forishda isteʼmolchi 25 mln soʻm zarar yetkazdi
Forish tumanida bugungi kunda elektr energiya, tabiiy gaz va ichimlik suvi sohasida jami 24600 dan ziyod isteʼmolchilardan 920 dan ortigʻini yuridik shaxslar tashkil etadi.

Afsuski, ularning barchasini ham namunali isteʼmolchi, deb boʻlmaydi. Jumladan, 2019 yilning oʻtgan davri mobaynida jami 72 isteʼmolchi kommunal toʻlovlardan qarzdorligi yoki tarmoqlardan noqonuniy foydalanishi oqibatida tarmoqdan ajratildi.

Masalan, Majburiy ijro byurosi Forish tuman boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan “Egizbuloq” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shugʻallanadigan xususiy korxonaning elektr energiyadan foydalanish qoidalariga rioya etishi oʻrganilganda noqonuniy holat, yaʼni elektr energiyasini hisobga olish priborini ulash sxemasi oʻzgartirilganligi aniqlandi.

Forish tuman elektr taʼminoti korxonasining xulosasiga koʻra, mazkur huquqbuzar tomonidan taʼminotchi korxonaga 25 mln. 682 ming soʻm zarar yetkazilgan. Qoidabuzar bugungi kunda qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirib, taʼminotchi korxonaga yetkazgan zararni toʻliq qopladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Forishda isteʼmolchi 25 mln soʻm zarar yetkazdi