O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Xitoy Xalq Qurollangan Militsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro «Hamkorlik-2019» rejasiga asosan Xitoy delegatsiyasining tashrifi bilan 2019 yilning 2 may kuni ikki tomon qo‘mondonligi uchrashib, hamkorlikdagi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha bir qator masalalalar muhokama qilingan edi.
«Hamkorlik-2019» aksilterror o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari joriy yilning 5 may kuni Jizzax viloyati «Forish» poligonida ikki qo‘mondonlik vakillari, Jizzax viloyati hokimi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida start oldi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gavardiyasi qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari general-mayor Tursunov Botir Rajabovich va Xitoy Xalq Respublikasi Xalq Qurollangan Militsiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari general-leytenant Sin Tyanlar ochilish marosimda so‘zga chiqib bu o‘quv mashg‘uloti ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash bilan bir qatorda, Milliy armiyamizning yanada rivojlanishi uchun xizmat qilishini ta’kidlab barcha ishtirokchi harbiy xizmatchilarga omad tiladilar.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gavardiyasi faxriy qorovul bataloni shaxsiy tarkibi o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishi bilan mehmonlar e’tiborini tortgan bo‘lsa, Xitoy Xalq Respublikasi Xalq Qurollangan Militsiyasi harbiy xizmatchilarining qo‘l jangi bo‘yicha chiqishlari hamda mototsikllarni boshqarish usullari namoyishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tgan o‘quv-amaliy konfrensiyada o‘quv mashg‘ulotlari jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar muhokama etildi. Hamkorlikdagi o‘quv-mashg‘ulotlar ikki hafta mobaynida davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi