Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi "Gissar Effect" MChJda bu yil dehqonchilik yumushlariga erta kirishilgan edi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.
Mehnatsevar dehqonlarimiz dalaga urug‘ qadash fursatini kutib o‘tirmasdan, issiqxonalarda urug‘ni muddatidan avvalroq ekib, har galgidan barvaqt hosil yig‘ishtirib olishga erishmoqdalar. Asosiysi, ushbu mahsulotlar ichki bozordan orttirilib, chetga eksportga chiqarilmoqda.
Joriy yil dekabr oyida bir gektar yer maydoniga maxsus tayyorlangan issiqxonada urug‘lar qadalib, may oyida birinchi hosilda 4 tonnadan ziyod tarvuz yig‘ishtirib olindi. Quvonarlisi, tarvuzlar mashinalarga yuklanib, Qozog‘iston mamlakatiga eksport qilindi. Kelgusida esa, 20 tonnagacha hosil olish mo‘ljallanmoqda.
Viloyatimiz eksport salohiyatini oshirish maqsadida bojxona postimiz tomonidan har kuni 24 soat davomida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirib kelmoqdamiz, – deydi “Kitob” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i Botir Javliyev. – Bu esa, tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish bilan birga, viloyat eksport hajmini oshirishga xizmat qiladi.
Aytish joizki, mamlakatimiz bo‘ylab yetishtirilayotgan barcha turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mazasi bilan xorij mamlakatlari orasida mashhur. Viloyatimiz bo‘ylab eksport faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxonalar sonining ortib borayotganligi hamda aholini ish bilan bandligi ta’minlanayotganligi esa har jihatdan ahamiyatga molikdir. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda