Internetda patrul-post xizmati (PPX) xodimi ishtirokida yuz bergan voqea tasvirlangan video tarqaldi.
Videoda davlat belgisi 01 475 VSF bo‘lgan «Neksiya-2» rusumli xizmat mashinasida ketayotgan PPX xodimi yo‘lda yaqinni yorituvchi chiroqni yoqmagan holda harakatlanayotganini ko‘rish mumkin.
Haydovchi va uning yo‘lovchisi xodimga yangi qoidalar haqida eslatgan. Shu bilan birga, PPX vakili unga: «O‘zingiz yoqib olavering!» deb, haydovchidan mashinani to‘xtatishni talab qiladi.
Quyida suhbatning to‘liq matni keltiriladi:
Haydovchi: Komandir, faralarni yoqib olaylik
PPX xodimi: O‘zingiz yoqib olavering
Haydovchi: Nima, sizga yoqish mumkin emasmi?
PPX xodimi: Menga mumkin emas. Nima deysan? Ol, chekkaga!
Haydovchi: Nega olaman?
PPX xodimi: Ol!
Haydovchi uning talabiga bo‘ysungan va o‘z mashinasini to‘xtatgan. Xizmat mashinasidan PPX va Milliy gvardiya xodimlari tushib kelgan.
PPX xodimi haydovchiga savol bilan murojaat qilgan. Suhbat matni:
PPX xodimi: Sening nima ishing bor? GAI xodimimisan?
Haydovchi: Yo‘q, shunchaki so‘radim. Qonun sizlarga emasmi?
PPX xodimi: Qonunni nazorat qilish senga emas. Nazorat qiladigan organlar bor, tushundingmi?
Haydovchi: Xo‘p, sizga nima mumkin emasmi?
PPX xodimi: Sening nima ishing bor?!
Haydovchi: Shunchaki so‘rayapman
PPX xodimi: Meni ham to‘xtatadigan GAI bor, seni ham to‘xtatadigan GAI bor. Bo‘ldimi?
Haydovchi: Yo‘q, sizga mumkin emasmi?
Xodim: Mumkin emas.
Eslatib o‘tamiz, 10 maydan kunduzgi vaqtda yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib yurmaganlik uchun haydovchilar jarimaga tortila boshladi. Jarima miqdori eng kam ish haqining 50%ini tashkil etadi. Takror sodir etish sanksiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi – o‘ta «ashaddiy» qoidabuzarlarga EKIHning 4 baravari miqdorida jarima solinadi yoki haydovchilik guvohnomasidan yarim yilga mahrum etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi