13:24 / 04.06.2019
5 094

Elektr hisoblagichi kimning hisobidan o‘rnatiladi?

Elektr hisoblagichi kimning hisobidan o‘rnatiladi?
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati davomida iste’molchilarda elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq ko‘plab muammolar borligi aniqlanmoqda, deya xabar beradi qo‘mita axborot xizmati.

Bulardan biri, elektr energiyasi ta’minoti korxonalari tomonidan o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarmaslik, ya’ni elektr energiyasi hisoblagichlarini sotib olish, o‘rnatish va qiyoslash bilan bog‘liq ishlarni iste’molchining zimmasiga yuklashdan iborat.

Misol uchun, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi fuqaro A.I. tomonidan yangi qurilgan xonadonini elektr energiyasi tarmog‘iga ulash va hisoblagich o‘rnatib berish bo‘yicha elektr ta’minoti korxonasiga bir necha bor murojaat qilgan bo‘lib, ta’minotchi iste’molchiga hisoblagichni uning hisobidan sotib olgan taqdirda o‘rnatib berilishi ma’lum qilingan.

Bugungi kunda elektr energiyasi hisoblagichining o‘rtacha narxi 400-450 ming so‘mni tashkil etadi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi hisoblagichlarini sotib olish, o‘rnatish, ro‘yxatga olish, davriy davlat qiyoslovidan o‘tkazish va plombalash, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

O‘tkazilgan o‘rganish natijasida iste’molchining qonuniy manfaatlari himoya qilinib, hisoblagich elektr tarmoqlari korxonasi hisobidan o‘rnatilishi hamda iste’molchining tarmoqqa ulanishi ta’minlandi.

Iste’molchilarning qonuniy huquqlaridan to‘liq xabardor emasligi, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan yetarlicha targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmayotganligi natijasida joylarda bunday holatlar uchramoqda, deyiladi xabarda.

Agar, Siz mana shu kabi holatlarga duch kelsangiz yoki tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan manfaatlaringiz kamsitilayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga yoki uning hududiy boshqarmalariga belgilangan tartibda murojaat qilishingiz mumkin. Murojaat uchun telefon: (71) 207-47-00.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Elektr hisoblagichi kimning hisobidan o‘rnatiladi?