18:57 / 04.07.2019
2 782

Savdo sub’ektlariga naqd pulni inkassatsiya qilishda yengilliklar berildi

Savdo sub’ektlariga naqd pulni inkassatsiya qilishda yengilliklar berildi
Bozorlar, savdo komplekslari va ularning filiallarida bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini tashkil etish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Kiritilgan qo‘shimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:
  • savdo sub’ektlarining kunlik o‘rtacha naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan ortiq bo‘lganda bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali yoki mustaqil ravishda topshirishni;
  • kunlik tushum eng kam oylik ish haqining 20 baravaridan kam bo‘lganida bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o‘zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil topshirishni.

Ilgari kunlik tushum miqdoridan qat’i nazar savdo sub’ektlari naqd pulni inkassatsiya punktlariga (banklar kassalariga) har kuni inkassatsiya qilishi kerak edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Savdo sub’ektlariga naqd pulni inkassatsiya qilishda yengilliklar berildi