18:30 / 19.10.2019
3 122

Toshkentda Milliy gvardiya xodimlari cho‘kayotgan ayolni qutqarib qolishdi

Toshkentda Milliy gvardiya xodimlari cho‘kayotgan ayolni qutqarib qolishdi
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Toshkentdagi Anhor kanalida cho‘kayotgan ayol hayotini saqlab qoldilar, deb xabar berdi Milliy gvardiya axborot xizmati.

Hodisa 18 oktyabr kuni soat 20:40 lar chamasi ro‘y bergan. Anhor kanalida cho‘kayotgan ayolni ko‘rib, Turkiston san’at saroyi atrofida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Z.Ergashev va uning sheriklari jabrdiydaga yordamga shoshilganlar.

Harbiylar tezkorlik bilan ayolni suvdan olib chiqishgan. Jabrdiyda qashqadaryolik, 1980 yilda tug‘ilgan Yu.X ekanligi aytilmoqda. U hozirda shifoxonaga yotqizilgan.

Shayhontohur tumani ichki ishlar xodimlari tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Milliy gvardiya xodimlari cho‘kayotgan ayolni qutqarib qolishdi