Toshkent shahri Bektemir tumanidagi avtoyuvish shoxobchasida yuvib qo‘yish uchun qoldirilgan «Lasetti» avtomashinasi olib qochilganidan so‘ng ayanchli yo‘l-transport hodisasi oqibatida ag‘darilgan holatda Namangan viloyati Pop tumani hududidan topilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2019 yil 7 noyabr kuni taxminan soat 09:40larda Bektemir tuman Ohangaron shohko‘chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasiga fuqaro 50 yoshli A.R. tomonidan qoldirilgan «Lasetti» rusumli avtomashinasini mazkur avtoyuvish shoxobchasi ishchisi, 48 yoshli E.X. olib qochgan hamda shu kuni soat 16:30da Namangan viloyati Pop tumani Qo‘shminor MFY hududidan o‘tuvchi «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 262 km.da avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketib ag‘darilgan.
Natijada fuqaro E.X. «bosh miya og‘ir shikasti, kalla asos suyagini sinishi, miya shishi» kabi tan jarohatlari olib, Pop tuman tibbiy markaziga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 8 noyabr kuni Bektemir tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan E.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda