16:55 / 26.12.2019
2 829

DXX Andijonda psixofaol dori vositalari muomalasiga chek qo‘ydi

DXX Andijonda psixofaol dori vositalari muomalasiga chek qo‘ydi
Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi xodimlarining viloyat bojxona boshqarmasi xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida “Farg‘ona-Andijon” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan “Spark” rusumli avtomashina Oltinko‘l tumani hududida to‘xtatildi.

Andijon shahrida tug‘ilgan 36 yoshli ayol “Yu.O.” boshqaruvidagi avtomobil ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 2800 dona “Lirika” va 1400 dona “Regapen” psixofaol dori vositalari borligi aniqlandi hamda o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi.
Aniqlanishicha, Qo‘qon shahridan olib kelinayotgan ushbu dori vositalari Andijon shahrida sotilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tergovoldi surishtiruv ishlari jarayonida “Yu.O.”ning Andijon shahridagi yashash manzilidan sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 616 dona «Lirika» dori vositasi ham ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Andijonda psixofaol dori vositalari muomalasiga chek qo‘ydi