18:20 / 12.02.2020
2 988

Dang‘aralik tadbirkorning noqonuniy harakati 25 mln. so‘mga tushdi

Dang‘aralik tadbirkorning noqonuniy harakati 25 mln. so‘mga tushdi
Majburiy ijro byurosining Dang‘ara tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tungi reydlar o‘tkazish vaqtida 2020 yil 27 yanvar kuni tumanning Taptiqsaroy MFY, Taptiqsaroy qishlog‘i hududida faoliyat ko‘rsatayotgan fuqaro K.Shermatovga tegishli umumiy ovqatlanish shaxobchalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli Qarori ijrosi hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan elektr energiyadan foydalanishning qonuniyligi hamda to‘lov intizomiga rioya etilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, ovqatlanish shahobchasida yuqoridagi 22-sonli qaror bilan tasdiqlangan 1-ilova “tabiiy gazdan foydalanish qoidalari”ning talablariga zid ravishda tabiiy gaz tarmog‘iga “Hudud gaz Farg‘ona” MCHJ Dang‘ar tumangaz filiali bilan shartnoma tuzmasdan, o‘zboshimchalik bilan ulanib, bir dona milliy tandir, 2 dona KPG-4, 4 dona milliy o‘choq va 7 dona isitish pechidan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi oqibatida, “Hudud gaz Farg‘ona” MCHJ Dang‘ar tumangaz filiali manfaatlariga 25 153 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan, surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dang‘aralik tadbirkorning noqonuniy harakati 25 mln. so‘mga tushdi