12:30 / 01.03.2020
3 199

Internetda «yozishma»lari tarqagan Andijon hokimi matbuot kotibi ishdan ketgani aytilmoqda

Internetda «yozishma»lari tarqagan Andijon hokimi matbuot kotibi ishdan ketgani aytilmoqda
Andijon viloyati hokimining matbuot kotibi Mirzohid Botirov ishdan ketgani aytilmoqda. Iste’fo uning ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan yozishmalariga bog‘liq yoki bog‘liq emasligi ham noma’lum. Chunki, ayni xabar rasman tasdiqlangani yo‘q.

Ma’lumki, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda M. Botirovga tegishli ekani aytilgan yozishmalar tarqalgandi. Ularda viloyat hokimining matbuot kotibi o‘ziga tanish va ancha sinashta bo‘lgan boshqa foydalanuvchi bilan «dildan suhbat» qurgani anglashiladi.

Haqorat-u uyatsiz gaplarga to‘la yozishmalarda gap aylanib, blogerlarga taqalgan paytda matbuot kotibi «...osmonga chiqayotgan blogerni joyini ko‘rsatib qo‘ygani»ni alohida ta’kidlab, «15 kunda mulla bo‘lgani»niga urg‘u bergandi.Shuningdek, yozishmalarda o‘sha bloger «asakalik» ekani, hokim «tiq» degani uchun «tiqilgani» yozib bo‘lmas haqoratlar bilan bayon qilinadi.

Katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan yozishmalar ortidan prokuratura vaziyatni o‘rganib, pirovardida, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atganidan xabaringiz bor. Jinoyat ishi yakunlari bo‘yicha hali ma’lumot berilgani yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Internetda «yozishma»lari tarqagan Andijon hokimi matbuot kotibi ishdan ketgani aytilmoqda