13:47 / 05.03.2020
3 388

Farg‘onada mehmonga kelgan shaxs uy egasining mashinasini olib qochdi

Farg‘onada mehmonga kelgan shaxs uy egasining mashinasini olib qochdi
Joriy yilning 1 mart kuni taxminan soat 13:30larda, fuqaro 26 yoshli E.R. Farg‘ona shahar Sh.Rashidov ko‘chasidagi uylarning biriga mehmon sifatida kelgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u uy egasi, 28 yoshli A.A.ning boshqa xonaga kirganligidan foydalanib, unga tegishli bo‘lgan oq rangli “Spark” rusumli avtomashina kalitini yashirin ravishda olib, ushbu kalit yordamida hovlida turgan avtomashinani olib qochib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida taxminan soat 23:45larda Farg‘ona shahar “Neftchilar” o‘yingohi oldida E.R. “Spark” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotganligi aniqlanib, to‘sib ushlangan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida E.R. avtomashinaning 4 dona quyma diskasi va shinalarini fuqaro 26 yoshli A.O.ga jami 120 AQSH dollari hamda 480 ming so‘mga sotib, avtomashinaga eski turdagi shinalar o‘rnatganligi aniqlanib, sotib yuborilgan 4 dona diska va shinalar A.O.dan ash’yoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishida E.R. gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va o‘rnatilgan tartibida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada mehmonga kelgan shaxs uy egasining mashinasini olib qochdi