2 858
Sariosiyoda bank xodimlari o‘qituvchilarning 1,2 mlrd so‘mini o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan “Qishloq qurilish bank”ning tuman filialida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlaydigan Sh. Sh. va boshqalarga qarshi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi, deya xabar qildi departament matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga.
Olingan tezkor ma’lumotlar va to‘plangan hujjatlarga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Sh. Sh. va boshqalar 2019 yil dekabr va joriy yilning yanvar oylarida tuman xalq ta’limi tizimidagi maktab o‘qituvchilari va xodimlariga to‘lanishi kerak bo‘lgan ish haqlari va avans pullari hisobidan jami 1,2 mlrd so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi.
Ushbu tekshiruv davomida bank xodimlari tomonidan o‘zlashtirilgan budjet pul mablag‘lari departament tashabbusi bilan undirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Sh. Sh. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi