Foto: IZVЕSTIYA/Dmitriy Korotayev
Koronavirusdan sog‘ayib ketganlarda yana bir hafta davomida virus saqlanib qolishi mumkin. Shu sababli ular yana bir hafta davomida kasallik tashuvchilari bo‘lib qolishlari mumkin.
Bunday xulosaga xalqaro olimlar guruhi Pekin tibbiyot markazida o‘tkazgan tadqiqotlari natijalariga ko‘ra kelishdi. Natijalar ATSJournals nashrida chop etilgan.
Shifokorlar shifoxonada 28 yanvardan 9 fevralgacha davolangan 16 bemor haqidagi ma’lumotlarni o‘rganishgan. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 35,5 yilni tashkil qilgan. Ularning barchasi kasallikdan forig‘ bo‘lgan, buni polimeraza zanjir reaksiyasi usuli bo‘yicha o‘tkazilgan ikki test ko‘rsatgan.
Bemorlar kasallikni turli darajada boshdan kechirganlar. Ularda virusning o‘rtacha inkubatsiya davri 5 kunni, intensiv davolash esa 8 kunni tashkil qilgan.
Aniqlanishicha, sog‘ayib ketgan bemorlardan yarmi kasalliklar alomatlari yo‘qolgandan keyin ham 1 kundan 8 kungacha virus tarqatishi davom etgan.
Tadqiqot mualliflaridan biri Liksin Se sog‘ayib ketgan bemorlarning yana 1-2 hafta karantinda qolishini tavsiya qilgan.
“Tadqiqotimiz natijasi koronavirusdan forig‘ bo‘lganlarning yarmi organizmida barcha alomatlar yo‘qolgandan keyin ham 1 kundan 8 kungacha virus saqlanib qolganini ko‘rsatgan”, deb aytgan olimlar guruhi a’zosi Lokesh Sharma.
Bundan tashqari, olimlarning fikricha, keksalarda virus yanada ko‘proq muddat qolishi mumkin.
Shu sababli olimlar shifokorlarni bemorlar ortidan ular shifoxonadan chiqarilgach ham kuzatuv olib borishga chaqirishgan.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich koronavirus barcha yoshdagi odamlar uchun xavfli ekanini, yoshlar bu kasallikka kamroq chalinishini, ammo shunga qaramay, barchani birday asrash lozimligini ta’kidlab o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi