06:25 / 04.04.2020
2 630

Shavkat Mirziyoyev shifokorlarga yana bir bor minnatdorchilik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev shifokorlarga yana bir bor minnatdorchilik bildirdi
Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga jalb etilgan tibbiyot xodimlari.
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 aprel, juma kuni, koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

«Vrachlarimiz xorijiy hamkasblari bilan muntazam videomuloqotda bo‘lib, kundalik tajriba almashmoqda. Amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarimiz, albatta, o‘z natijasini bermoqda. Kasallikka chalinganlarning 25 nafari to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazildi», — deya ta’kidladi davlat rahbari.

«Fursatdan foydalanib, bu kurashning oldingi saflarida chinakam jasorat va matonat ko‘rsatayotgan jonkuyar va olijanob shifokorlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri tushunib, bizni faol qo‘llab-quvvatlayotgan xalqimizga, aziz yurtdoshlarimga rahmat aytaman», — deya qo‘shimcha qildi Prezident.

Prezident Shavkat Mirziyoyev avvalroq, 26 mart kuni, bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ham shifokorlarga minnatdorchilik bildirgan edi.

«Hurmatli tibbiyot xodimlari, o‘z hayoti va sog‘lig‘ini garovga qo‘yib, pandemiya bilan kurashayotgan shifokorlar, hamshiralar, sanitar xodimlarga butun O‘zbekiston xalqi nomidan cheksiz minnatdorlik bildiraman», — degandi o‘shanda davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev shifokorlarga yana bir bor minnatdorchilik bildirdi