15:10 / 05.05.2020
3 263

Buxoroda Milliy gvardiya xodimlari qulagan tom ostida qolib ketgan ikki nafar bola va ayol kishini qutqardi

Buxoroda Milliy gvardiya xodimlari qulagan tom ostida qolib ketgan ikki nafar bola va ayol kishini qutqardi
Foto: Milliy gvardiya
Joriy yilning 4 may kuni Buxoro viloyati Olot tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Xalqobod mahallasi A.Navoiy ko‘chasida yashovchi fuqaro E.O‘. xonadonining tom qismidan yomg‘ir suvi o‘tib, oqibatda uyning tepa qismi qulab tushgan.

Milliy gvardiya xabariga ko‘ra, fuqaroning yaqinlari va farzandlari qulagan tom qismlari ostida qolib ketgan.

Bildirilishicha, shu hududda xizmat olib borayogan Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlarining hushyorligi va sa’y-harakatlari natijasida bino vayronasi ostida qolgan E.O‘.ning onasi Q.T., farzandlari - 5 yoshli o‘g‘li O.B. va 3 yoshli qizi O.B. qutqarib olinib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda Milliy gvardiya xodimlari qulagan tom ostida qolib ketgan ikki nafar bola va ayol kishini qutqardi