19:15 / 26.06.2020
2 151

Mingbuloqlik ota farzandiga 30 mln. so‘m aliment mablag‘lari undirildi

Mingbuloqlik ota farzandiga 30 mln. so‘m aliment mablag‘lari undirildi
Sud va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish Majburiy ijro byurosining asosiy vazifalaridan biridir. Byuroning Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan bu borada tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda. Aynan bo‘lim tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq-manfaatlarini himoya qilish, sud buyrug‘i bilan chiqarilgan aliment mablag‘larini undirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Masalan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2015 yil 14 mart kunidagi qaroriga ko‘ra Qurbonov G‘ulomjondan undiruv Shahnoza Dadamirzayeva foydasiga ¼ qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va davlat ijrochisi tomonidan aliment mablag‘ini vaqtida undirish choralari ko‘rib kelinmoqda.

O‘z o‘rnida qarzdorga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida” nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan to‘lash bola voyaga yetgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgani tushuntirib o‘tildi.

Fuqaro G‘.Qurbonov o‘z farzandi voyaga yetgunga qadar aliment mablag‘ini to‘lashini so‘rab ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish haqida ajrim chiqarib berishni so‘raydi. Mazkur murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, 18 yoshga qadar hisoblangan 30 mln so‘m aliment pulini to‘lab berdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mingbuloqlik ota farzandiga 30 mln. so‘m aliment mablag‘lari undirildi