07:50 / 16.07.2020
2 624

Yangi rekord: O‘zbekistonda bir kunda 300dan oshiq bemor tuzaldi

Yangi rekord: O‘zbekistonda bir kunda 300dan oshiq bemor tuzaldi
Sog‘liqni saqlash vazirligi bugun O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord natija qayd etilgani haqida xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, jami 328 bemor kasallikdan tuzalib chiqqan va jami tuzalganlar soni 8655 nafarga yetgan.
Kecha Toshkent, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida bemorlarning navbatdagi guruhlariga javob berildi.

- Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida 135 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 97 nafar;
- Samarqand viloyatida 49 nafar
- Surxondaryo viloyatida 34 nafar
- Jizzax viloyatida 9 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 4 nafar.

«Shunday qilib yurtimizda 8655 (+328) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (59 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 5855 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

O‘zbekistonda 14 iyul kuni ham 297 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, kunlik tuzalish holatlari soni bo‘yicha yangi rekord qayd etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi rekord: O‘zbekistonda bir kunda 300dan oshiq bemor tuzaldi