23:19 / 24.07.2020
2 851

O‘zbekistonda koronavirus vahimasi asosan erkaklarda uchrayotgan ekan...

O‘zbekistonda koronavirus vahimasi asosan erkaklarda uchrayotgan ekan...
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Odilova bugungi kunda O‘zbekistonda vahimaga berilayotgan aholi soni ortib borayotgani, ularning asosiy qismi erkaklar ekanligi xususida ma’lum qildi.

Jumladan, «Men 2 marta koronavirusga test topshirdim, ikkalasida ham test natijasi manfiy chiqdi, lekin o‘zimni juda yomon his qilyapman, shu bilan bir qatorda o‘zimda koronavirusning hamma simptomlarini kuzatyapman. Poliklinikaga murojaat qilganimda test natijalarim manfiy, deb meni davolashdan bosh tortishyapti», — degan savolga mutaxassis atroflicha izoh bergan.

- "Bugungi kunda tez tibbiy yordam, ambulator poliklinika va shifoxonalar, SEOMga murojaat qilayotganlarning juda ko‘p qismi ham o‘zlarida aynan shunday belgilarni sezayotgani haqida gapirmoqda. Lekin ularning hammasida ham kasalliklar aynan koronavirusga tegishli ekanligi isbotlanmayapti.

Vahimaning o‘zi ham yarim kasallik, degan naqlni sedan chiqarmaslik kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda bo‘layotgan har kunlik murojaatlar, ko‘rsatilayotgan videolavhalar, berilayotgan noxush xabarlarning barchasi har bir insonning ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Xuddiki o‘zimizda nafas bo‘g‘ilayotgandek sezamiz, lekin o‘tgan yili xuddi shunday shamollash belgilari bo‘lgan bo‘lsada yugurib MSKT qilishga, SESga, shifoxonaga yotishim kerak, deb murojaat qilmaganmiz. Bugungi kunda aynan noxush holatning borligi uchun ham aholi orasida vahima kayfiyati juda ko‘payib ketgan.

Iltimos, vahimaga berilishga hech qanday asos yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatayotgan Italiya yoki Ispaniyadagi holatlar bugungi kunda respublikamizda yo‘q. Lekin murojaatlar ko‘p. Bu murojaatlarning ko‘pchiligi asossiz tarzda tez tibbiy yordamga qilingani uchun ko‘plab noxush holatlar kuzatilmoqda.

Vahimaga tushgan aholi ijtimoiy tarmoqlardagi noxush holatlarni o‘qimasligi kerak. Chunki bu baribir har kuni odamning immunitetini tushirishga harakat qiladi. Nima uchun bolalarda kasallik yengil kechadi? Chunki bolalar vahima nima ekanligini bilmaydi. Nima uchun biz 65 yoshdan oshgan aholida mana shunday kasalliklar bo‘lishi, og‘ir o‘tishi mumkin, deb ogohlantirsak ham aynan shu katta yoshdagilarga qo‘shimcha ravishda yosh aholimizda ham, biz tahlil qilib chiqdik, ko‘proq erkaklarda vahima holatlari bor. Bu bo‘yicha ham har bitta oilaviy poliklinikada tuzilgan mobil brigadalar, Call-markazlarga kelayotgan telefon qo‘ng‘iroqlari har biri yuzasidan bizga ma’lumot bermoqda.
", - deydi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, Barno Odilova.

Shtab a’zosi aholidan vahimaga berilmaslik, oilaviy xushkayfiyat muhitni ta’minlash, sog‘lom uyqu va sog‘lom hayot tarzini kechirib, o‘zlariga yaqin suhbatdosh bilan suhbatlashish, yoqimli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni tavsiya etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus vahimasi asosan erkaklarda uchrayotgan ekan...