17:17 / 01.09.2020
2 092

Adliya vazirligi va TIKA davlat va yuridik xizmatlarni raqamlashtirish sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Adliya vazirligi va TIKA davlat va yuridik xizmatlarni raqamlashtirish sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
Joriy yilning 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikromov Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari J.Tuney bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida Adliya vazirligining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi mutaxassislari vazirlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun taqdim etilayotgan davlat va yuridik xizmatlarni raqamlashtirishga doir asosiy loyihaviy takliflarini taqdim etdi.

J. Tuney fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlarini ta’minlash uchun davlat boshqaruvining barcha sohalarini raqamlashtirish dolzarb ekani, koronavirus pandemiyasi davrida raqamli texnologiyalardan foydalanish, Turkiya tomoni Adliya vazirligi bilan hamkorlik qilish va O‘zbekistonda raqamlashtirish sohasidagi islohotlarga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanini qayd etdi.

Tomonlar vazirlik tomonidan taqdim etilgan loyihalarni amalga oshirishning o‘ziga xos jihatlarini muhokama qildi. Mazkur yo‘nalishdagi qo‘shma loyihalarni baholash va amalga oshirish uchun turkiyalik mutaxassislarni jalb qilishga kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 19 maydagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Adliya vazirligiga adliya organlari va muassasalari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng jalb qilish va davlat xizmatlarini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi va TIKA davlat va yuridik xizmatlarni raqamlashtirish sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda