18:00 / 21.09.2020
3 298

Covid-19 bilan kasallanib sog‘aygan bemorlar yana 90 kun virus tarqatuvchi bo‘lishi mumkinmi?

Covid-19 bilan kasallanib sog‘aygan bemorlar yana 90 kun virus tarqatuvchi bo‘lishi mumkinmi?
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda o‘tkazilgan brifingda Covid-19 ayrim bemorlar qonida 90 kungacha saqlanib qolishi mumkinligini ma’lum qildi.

«Amerika Qo‘shma Shtatlari olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ham Covid-19 kasalligini boshdan kechirganlarning ayrimlarining organizmidagi qon tarkibida 90 kungacha virus aylanib yurishi tasdiqlangan.

Bir necha olimlar bunday odamlar 90 kun mobaynida tarqatuvchi bo‘lib qolishi haqida yozishmoqda, lekin bu ma’lumotlar to‘liq tasdiqlanmagan.
Lekin kasallikning o‘rta og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir darajasiga chalingan bemorlar bir oy va undan ko‘p muddat davomida davolanishmoqda. Bu – inson organizmiga tushgan virus yuklamasi, unga nisbatan organizmning javob reaksiyalariga ham bog‘liqdir.

Bugungi kunda virus tarqatuvchanligi, kasallik organizmda keltirib chiqaruvchi alomatlari, inson organizmining javob reaksiyasi, kasallik asoratlanishi va reabilitatsiya jarayoni bo‘yicha shifokorlar va olimlar doimiy ravishda izlanishlar olib bormoqda.

Bu esa yana bir bor kasallangan bemorlarning alohidalanishi, yaqinlari, farzandlari va ota-onalari bilan borish-kelishni kamaytirishlari, umuman, uydan tashqariga chiqishni cheklashlari kerakligini bildiradi
», dedi u AOKAda o‘tkazilgan brifingda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Covid-19 bilan kasallanib sog‘aygan bemorlar yana 90 kun virus tarqatuvchi bo‘lishi mumkinmi?