07:00 / 26.09.2020
1 993

JSSTda koronavirus tarqalishi va sovuq tushishi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligi ma’lum qilindi

JSSTda koronavirus tarqalishi va sovuq tushishi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligi ma’lum qilindi
Foto: Getty Images
JSST mutaxassislarining ta’kidlashicha, sovuq haroratlar koronavirus tarqalishi hamda uning og‘ir kechishi bilan bevosita bog‘liqlikka ega emas. JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovichning ta’kidlashicha, sovuq tushishi koronavirusga chalinganlar sonining oshishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi.

Sovuq haroratlar shunchaki organizmga ta’sir qiladi. Bunda organizmga tushgan har qanday virus unga oson kirib boradi. Biroq sovuq haroratlar bilan koronavirusga chalinish darajasi va kasallikning og‘ir kechishi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q”, deb aytgan mutaxassis.

Vuynovichning ta’kidlashicha, xavf guruhiga yondosh kasalliklarga ega kattalar hamda qon bosimi bilan muammolarga va ortiqcha vaznga ega yoshlar kiradi. Ularda koronavirus og‘ir shaklda kechishi mumkin.

JSST vakili qishda xonalarni shamollatib turish zarurligini, chunki bu vaqtda odamlar binolar ichida ko‘proq vaqt bo‘lishini aytgan.
Men konditsionerlarga qarshiman, chunki ular xonadagi aynan bir havoning o‘zini aylantiradi. Shu sababli imkoni bor joylarda oynalarni ochish zarur. Sovuq paytda bu noqulay bo‘lishini bilamiz, biroq xonalarni shamollatish muhimdir”, deb tavsiya bergan Vuynovich.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » JSSTda koronavirus tarqalishi va sovuq tushishi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qligi ma’lum qilindi