23:50 / 22.10.2020
3 604

Farzandlar ona bag‘riga qaytarildi

Farzandlar ona bag‘riga qaytarildi
Nurotalik Z.Roziqova o‘n bir yil muqaddam oila qurgan. O‘tgan vaqt mobaynida oilada 3 nafar farzand dunyoga kelgan. Afsuski, ota-onaning kelishmovchiliklari sabab ushbu oila parokanda bo‘ldi. Farzandlar esa sarson. Ularning tarbiyasiga qayg‘uradigan kimsa qolmadi.

Shunday vaziyatda ona sudga murojaat qildi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudi voyaga yetmagan farzandlar – 2010 yilda tug‘ilgan Z.Razzoqova, 2013 yilda tug‘ilgan G.Razzoqova hamda 2015 yilda tug‘ilgan O.Razzoqovlarni onaning tarbiyasiga olib berish haqida qaror qabul qildi.

Ushbu qaror MIB Nurota tuman bo‘limiga kelib tushgach 3 nafar bola onaning tarbiyasiga olib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farzandlar ona bag‘riga qaytarildi