2 036
Haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon olish vakolati IIVdan xususiy sektorga berilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon olish vakolatining Ichki ishlar vazirligidan xususiy sektorga berilishi kutilmoqda. Bu haqda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida bergan axborotida aytib o‘tildi, deb ma’lum qildi deputat Rasul Kusherbayev.
Vazir o‘rinbosarining bildirishicha, hujjat loyihasiga ko‘ra, imtihon olishga moslashgan avtodromlar va imtihon olish tizimi to‘liq xususiy sektorga beriladi va IIV buni monitoring qilib boradi. Bu jarayonning 2021 yilda amalga oshirilishi kutilmoqda.
«Umid qilamizki, bu haydovchilik mas’uliyatini oshirib, yo‘llarimizda madaniyatli haydovchilar ko‘payishiga xizmat qiladi», — deya qo‘shimcha qilgan deputat.
Avvalroq «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekistonda 16 yoshdan avtomobil boshqarishga ruxsat berish haqida petitsiya e’lon qilingandi.
IIV YHXBB mazkur petitsiyaga munosabat bildirib, 16 yoshli bolalarda hali «men» degan fikr so‘nmagan bo‘lishi, maqtanishni, oliftalikni yaxshi ko‘rishi, buning oqibatida esa yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik, mensimaslik yoki qasddan tengdoshlariga, do‘stlariga avtomobilini maqtanish uchun yo‘l harakati qoidalariga qarshi harakat qilishi mumkinligi haqida aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi