date

Nectar Social marketing operatsion tizimi 30 million dollar sarmoya jalb qildi

Nectar Social marketing operatsion tizimi 30 million dollar sarmoya jalb qildi

AI texnologiyalariga asoslangan Nectar Social marketing platformasi Menlo Ventures va Anthropic bilan hamkorlikda tashkil etilgan Anthology Fund boshchiligidagi Series A bosqichida 30 million dollar miqdorida sarmoya to‘plaganini e’lon qildi. O‘tgan yili yashirin rejimdan chiqqan kompaniya marketologlar uchun maxsus agentli operatsion tizim sifatida faoliyat yuritadi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, Nectar avtonom AI agentlari yordamida brendlarga ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat, moderatsiya, kontent yaratish jarayonlari va raqobat tahlilini to‘liq avtomatlashtirish imkonini beradi. Meta va Reddit kabi platformalar bilan o‘rnatilgan ma’lumotlar hamkorligi tufayli tizim turli manbalardagi axborotni yagona markazda birlashtiradi.

Nectar Social kompaniyasiga Meta kompaniyasining sobiq xodimlari bo‘lgan opa-singil Misbah va Farah Uraizee asos solgan. Bosh direktor Misbah Uraizee ushbu mablag‘lar kompaniyani kengaytirish, sun’iy intellekt va muhandislik sohasida yangi mutaxassislarni yollash hamda bozorga chiqish strategiyasini kuchaytirishga sarflanishini ma’lum qildi.

Hozirgi kunda Liquid Death, Figma va e.l.f Beauty kabi yirik brendlar Nectar xizmatlaridan foydalanib kelmoqda. Investitsiya bosqichida, shuningdek, Gwyneth Paltrow’ning Kinship Ventures, GV va True Ventures kabi nufuzli venchur fondlari ham ishtirok etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Nectar Social marketing operatsion tizimi 30 million dollar sarmoya jalb qildi