3 014
Toshkent shahar transport boshqarmasi poytaxt ko‘chalarida paydo bo‘lgan ko‘chma kameralarga izoh berdi
Toshkent shahar transport boshqarmasi matbuot xizmati poytaxt ko‘chalarida paydo bo‘lgan ko‘chma kameralar nima maqsadda ishlatilayotganini tushuntirdi.
Qayd etilishicha, poytaxt ko‘chalarida yo‘lovchilar va transport vositalari oqimini o‘rganishni nazarda tutuvchi "Toshkent shahri transport va yo‘l-transport infratuzilmasining bosh rejasi"ni ishlab chiqish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
“Shu munosabat bilan xodimlar tomonidan katta chorrahalarda transport vositalari hisobi yuritilmoqda hamda yo‘lovchilar soni aniqlanib borilmoqda. Buni amalga oshirish uchun ko‘chma kameralardan foydalanilmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, mazkur tadqiqot ishlarida foydalanilayotgan kameralar yo‘l harakati qoidalarining buzilish holatlarini aniqlashga mo‘ljallanmagan”, - deyiladi izohda.
Toshkent shahar transport boshqarmasi poytaxt ko‘chalarida o‘tkazilayotgan tadqiqot ishlari to‘g‘risida internetda tarqalgan noto‘g‘ri ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘ragan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi