21:13 / 03.01.2021
1 794

O‘zbekistonga so‘nggi bir haftada aviareyslarda kelgan 21 yo‘lovchida COVID-19 aniqlandi

O‘zbekistonga so‘nggi bir haftada aviareyslarda kelgan 21 yo‘lovchida COVID-19 aniqlandi
Foto: SSV matbuot xizmati
So‘nggi bir haftada O‘zbekistonga dunyoning 12 davlatidan 12 mingdan ziyod yo‘lovchi kirib kelgan bo‘lsa, shulardan 21 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabariga tayanib, SSV matbuot xizmati ma’lum qildi.

2020 yil 25 dekabrdan boshlab O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, mamlakatga kirib kelayotgan barcha shaxslarning o‘z hisobidan chegara punkti hududida koronavirus antigenini aniqlash uchun ekspress test olish tartibi joriy qilingandi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportida ekspress test olish jarayonlarini ikki tomonlama imzolangan shartnomaga asosan «Tibbiyot dunyosi» MCHJ amalga oshirmoqda. Ekspress test narxlari mazkur tashkilot o‘rnatgan ta’riflarga binoan 25—28 dekabrga qadar 150 ming so‘mdan, 28 dekabrdan to bugungacha 95 ming so‘m, talabalar uchun 50 ming so‘m miqdorida belgilangan.

«Maxsus komissiya ko‘rsatmasiga ko‘ra, aeroportdan uchib ketish vaqtida PZR testi olinadi, O‘zbekistonga uchib kelinganda ekspress test olinadi. Tahlil natijalari 10 daqiqa mobaynida pasportlarga shtrix kodlarini qo‘yish orqali ma’lum qilinadi», — deyiladi kompaniya xabarida.

Virus aniqlangan holatda SES mutaxassislari tomonidan fuqarolar tegishli hududda joylashgan koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan muassasalarga joylashtiriladi yoki uy sharoitida davolanishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, O‘zbekistonga koronavirus va yangi shtammining kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan ushbu chora-tadbirlarda PZR-testining manfiy natijasi to‘g‘risida yo‘lovchilarda tahlil natijalari mavjudligidan qat’iy nazar ulardan tegishli tartibda majburiy ekspress test olinishi belgilab qo‘yildi.

Ko‘p o‘rinli samolyotlar (jumladan, 260 o‘rinli havo kemasi)dagi yo‘lovchilarni kutib olishda tirbandlikning oldini olish maqsadida yo‘lovchilar oqimini terminalning 3 ta joyidagi test olish tibbiyot qismlariga yo‘naltirish tashkil qilingan.

Fuqarolarning parvozdan bir necha kun avvaldan PZR-testini topshirish bo‘yicha buyurtma berishlari ham mumkin.

Qayd etilishicha, aeroportning birgina uchib kelish zalida 4 ta bankomat va 2 ta valyuta ayirboshlash shoxobchalari mavjud bo‘lib, ularning muntazam faoliyat olib borishi ta’minlangani sabab pul ayirboshlashda muammo kuzatilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga so‘nggi bir haftada aviareyslarda kelgan 21 yo‘lovchida COVID-19 aniqlandi