Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig‘i o‘rinbosari Erali Bozorov maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish moslamalari bugungi kunda to‘liq ishlayotganini ma’lum qildi.
«To‘g‘ri, oldinroq bu borada ozgina muammolar bo‘lgan edi. Bu muammolar hozirgi kunda yechilgan. Hozirgi kunda birorta ham sertifikatdan o‘tkazilmagan qoidabuzarlikni aniqlash moslamalaridan foydalanilmayapti.
Avvalroq tezlikni o‘lchash (radar) moslamalarida muammo paydo bo‘lgan edi. Ayni paytda ushbu fotoradar moslamalari ishlatilmayapti hamda yo‘llarda o‘rnatilgan radarlar bugungi kun talabiga mos keladi», deydi Erali Bozorov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligi mas’ul xodimi Toshkent shahri chorrahalariga Shveysariya kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan qoidabuzarliklarni qayd etuvchi videokuzatuv moslamalarining litsenziyasi tugagani aytgan, biroq IIV YHXBB mas’ul xodimi ushbu ma’lumotni rad etib, kameralarga litsenziyalar muayyan muddatga emas, balki umrbod berilganini bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Toshkentda tezlikni o‘lchash yangi turdagi mobil qurilmalari joriy qilinadi

Toshkent koʻchalarida tungi paytda ham radarlar ishlamoqda (video)

Toshkentda o‘rnatilgan mobil radarlar bir kunda tezlikni me’yordan oshirgan 365 haydovchini aniqladi

Toshkentda yana 4 ta joyda radar o‘rnatildi

Diqqat! Toshkent viloyatida yana bitta avtomatlashtirilgan fotoradar o‘rnatiladi

Yo‘llardagi kameralar 45 ming qoidabuzarlikni qayd etdi