884
Gonkong politsiyasi ko‘cha poygalarida ishtirok etgan 46 ta superkarni tuzoqqa tushirdi (video)

Kadr: Facebook
Gonkong politsiyasi ko‘cha poygalari bo‘yicha kelib tushgan ko‘plab shikoyatlar bo‘yicha chora ko‘rdi. Hukumat superkarlar egalarining navbatdagi yig‘ini qachon o‘tkazilishidan xabar topib, ko‘chani yopib qo‘ygan va birdaniga 46 ta stritreyserni qo‘lga olgan. Haydovchilarning barchasiga jarima belgilangan, mashinalardan biri esa jarima maydonchasiga yuborilgan, deb xabar beradi Motor.
Fossington nomi ostidagi maxsus operatsiya erta tongda o‘tkazilgan. Superkarlar kolonnasi xolis tekshiruv uchun to‘xtatilgan — yo‘l-patrul xizmati xodimlari noqonuniy tyuning, to‘lanmagan jarimalar va boshqa qoidabuzarliklarga e’tibor qaratgan.
Tuzoqqa birdaniga 46 ta superkar tushgan: 20 ta Lamborghini, 14 ta Ferrari, 5 ta Porsche, 3 ta McLaren, 2 ta Nissan GT-R va bittadan Audi R8 va Mercedes-AMG GT. Jarimalar ushbu avtomobillarning barchasiga yozilgan, jumladan, politsiya 9 ta avtomobilning ro‘yxatdan o‘tkazilishini to‘xtatib qo‘ygan, ya’ni ushbu mashina egalari undan foydalanishni davom ettirishlari uchun texnik inspeksiyadan o‘tishi kerak. Nissan GT-R jarima maydonchasiga olib ketilgan.
Gonkong hukumatining bu kabi keskin choralarni qo‘llashiga 2020 yilda ko‘cha poygalari bo‘yicha kelib tushadigan shikoyatlarning 40 foizga oshgani sabab bo‘lgan. Murojaatlar asosan dam olish va bayram kunlari kechasi hamda erta tongda kelib tushgan — aholi haddan ortiq shovqindan norozi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Karantin qoidalari buzilganda avtomashina jarima maydoniga qo‘yilishi qonuniymi?

Toshkentda haydovchilari stikersiz harakatlangan 153ta avtomobil jarima maydonchasiga joylandi

Markaziy bank InfinBank’ga nisbatan jarimalar qo‘lladi

Yirik bozorlar yonidagi kameralar 5 kunda yarim milliard so‘mdan ko‘proq jarima qayd etdi

16 maydan qarzdorlarning avtomobillari jarima maydonchasiga jo‘natiladi

Jarimalar haqida ma’lumot beruvchi sayt ishga tushdi