Epizotik kasalliklar mavjud emasligi to‘g‘risida ijobiy xulosa berish evaziga pora talab qilgan Toshkent viloyati “SES” bo‘lim mudirlari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Shayxontohur tuman bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi bo‘lim mudiri X.F. “X.D.” xususiy korxonasiga qarashli, O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan yer maydonidan olingan namunalar bo‘yicha epizotik kasalliklar mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosani ijobiy hal qilib berish evaziga 800 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.
Bundan tashqari, X.F.ning ko‘rsatuvlariga asosan tadbir davom ettirilganda, boshqarmaning yuqumli kasalliklarga xulosa berishga mas’ul bo‘limi mudiri R.X. X.F.dan 400 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan X.F. va R.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilayotgani aytiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi