18:30 / 06.05.2021
2 033

«Sputnik V» vaksinasi faqat amaldorlar uchunmi? Mas’ul javob berdi


«Sputnik V» vaksinasi amaldorlar uchun olib kelinganmi? Ushbu savolga Sanitariya-epidemiolik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov javob qaytardi.

«Sputnik V» vaksinasi, birinchi navbatda, 65 yoshdan kattalar va tibbiyot muassasalarida kasallik bilan yuzma-yuz kelayotgan xodimlarni emlash uchun olib kelingan.

Toshkent shahrida mavjud emlash markazlariga murojaat qilayotgan ayrim shaxslar yoshi 65 yoshga yetmagani bois emlanmayotgani haqida e’tirozlar bor. Hozirgi emlash jarayonlarida ushbu yoshga yetmagan bo‘lgan shaxslarni ushbu vaksina bilan emlay olmaymiz. Keyingi bosqichda emlash kontingenti o‘zgaradi.

Hatto bu bo‘yicha bizga ham murojaat qilishdi. E’tibor bersak, ularning ko‘pchiligining yoshi 65 dan past. 

Bugungi kunda Toshkentda 23 ming kishi «Sputnik V» bilan emlandi. Bugun va ertadan boshlab Respublikamizning barcha hududlariga ushbu vaksina yuboriladi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Sputnik V» vaksinasi faqat amaldorlar uchunmi? Mas’ul javob berdi