08:00 / 22.05.2021
2 995

Samarqandda desantchilar jangovar mashinasi YTHga uchradi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlangan harbiy texnikalar kolonnasi tarkibidagi «BMD» (Desantchilar jangovar mashinasi) bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi videosi tarqaldi. Bu haqda «Zamon.uz» xabar qildi.

Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining xabar berishicha, yo‘l-transport hodisasi harbiy texnikalar kolonnasining bir manzildan boshqa bir manzilga harakatlanayotgani vaqtida sodir bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, «BMD» mashinaning boshqaruv tizimida texnik nosozlik yuzaga kelib, to‘satdan chap tomonga burilib ketgan.
Natijada u beton to‘siqni yiqitib, ustiga chiqib ketgan. Mexanik haydovchi zudlik bilan to‘xtatib qolgani natijasida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketishning oldi olingan.

Mazkur holat oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda desantchilar jangovar mashinasi YTHga uchradi (video)