
Yurak salomatligiga beparvolik qimmatga tushishi mumkin — mutaxassislar yurakda yog‘ to‘planishi (yog‘li miokard) bosh og‘rig‘i va nafas qisilishi kabi og‘ir alomatlarga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
Kardiolog Anastasiya Ivanitskayaning so‘zlariga ko‘ra, yurakda yog‘ hujayralarining ortishi — miokard to‘qimalaridagi normal funksiyalarni izdan chiqaradigan jiddiy holatdir. Bu holat asta-sekin yurak mushaklarida elastiklikning buzilishiga, arterial bosimning ortishi va yurakning ritmidagi buzilishlarga olib keladi.
“Bemor dastlab bosh og‘rig‘i, jismoniy faollikka chidamlilikning pasayishi, nafas yetishmasligi, yurakda notinchlik kabi alomatlarni his qilishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan esa holat og‘irlashib, qo‘l-oyoqlarda shish, qorin bo‘shlig‘iga suyuqlik yig‘ilishi (assit), taxikardiya yoki bradikardiya rivojlanadi”, — deydi shifokor.
Miokardda yog‘ to‘planishi – bu yurak hujayralari (kardiomiyositlar) ichida yog‘larning normadan ortiq yig‘ilib qolishi demakdir. Bu o‘zgarish nafaqat mexanik faoliyatga, balki elektrofiziologik funksiyalarga ham salbiy ta’sir qilib, turli xil aritmiyalarga yo‘l ochadi.
Shu bois yog‘li miokard degeneratsiyasi nafaqat yurak yetilmasligi, balki butun organizmda gaz almashinuvining buzilishiga ham sabab bo‘ladi. Bu esa umumiy holsizlik, tez charchash va nafas yetishmasligini yanada kuchaytiradi.
Yurakda yog‘ to‘planishining oldini olish mumkin. Buning uchun quyidagilarga amal qilish zarur:
- Doimiy jismoniy faollik (kunlik yurish, yugurish yoki yengil mashqlar);
- Balanslashgan va to‘g‘ri ovqatlanish (yog‘li, tez tayyorlanadigan taomlardan voz kechish);
- Stressdan himoyalanish va yetarli uxlash;
- Muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tish.
Mutaxassislar yurak faoliyatini nazorat qilish, hatto yengil alomatlar sezilganda ham shifokorga murojaat qilishni tavsiya qilishmoqda. Chunki vaqtda qo‘yilgan tashxis hayotni saqlab qolishi mumkin “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar