date

Nazoratchi mutaxassis “sifatsiz g‘isht” bahonasida pora bilan ushlandi (video)

Nazoratchi mutaxassis “sifatsiz g‘isht” bahonasida pora bilan ushlandi (video)
Samarqandda nazorat inspeksiyasi vakili qonunni o‘zi buzdi — Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi nazorat inspeksiyasining viloyat bo‘limida faoliyat yuritgan bosh mutaxassis pora bilan ushlandi, deb xabar berdi DXX.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u Paxtachi tumanida joylashgan xususiy g‘isht zavodida tekshiruv o‘tkazish chog‘ida uydirma dalillarni asos qilib, go‘yoki 226 million so‘mlik sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilganini aytgan. Aslida esa bunday ko‘lamda kamchilik qayd etilmagan.

Mutaxassis zavod rahbariyatini jarima haqida hujjat tuzish vaqtida shantaj qilib, 226 million so‘mlik jarimani 25 milliongacha tushirish evaziga 3 ming dollar talab qilgan.

DXXning tezkor harakatlari natijasida, u o‘z xizmat xonasida 2500 dollarni pora sifatida olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi asosida ish qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov ishlari davom etmoqda.

Bunday holatlar ko‘pchilikni o‘ylantirishi turgan gap: nazorat qilish vazifasi yuklatilgan shaxslar o‘z manfaati uchun mas’uliyatni qanday toptashi mumkin? Siz bu haqda nima deb o‘ylaysiz?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nazoratchi mutaxassis “sifatsiz g‘isht” bahonasida pora bilan ushlandi (video)