
Yangi tadqiqotlarga ko‘ra, uy hayvoni, ayniqsa it yoki mushuk saqlash inson miya faoliyatini uzoqroq saqlashga yordam beradi. Bu qarish jarayonidagi aqliy zaiflashuv (demensiya)ni sekinlashtirish imkonini beradi.
Shvetsariyalik tadqiqotchi Adriana Rostekova 50 yoshdan oshgan minglab odamlar ma’lumotlarini 18 yil davomida tahlil qildi. Unga ko‘ra, it boqqanlar xotirani yaxshi saqlab qolgan, mushuk egalari esa so‘zlash qobiliyatida uzoq vaqt yaxshilikni saqlagan.
Biroq, baliq va qushlar kabi hayvonlar bunday ta’sir ko‘rsatmagan. Olimlar buni ular bilan kamroq muloqot va hissiy bog‘lanish bilan izohlashmoqda.
Shuningdek, itlar bilan sayr qilish va mushuklar bilan muloqot qilish insonda ijtimoiy aloqalarni kuchaytiradi, bu esa miyani faol ushlab turishga yordam beradi.
Muttaxassislar fikricha, uy hayvoni nafaqat do‘st, balki sog‘lom qarish uchun foydali omil hamdir. Agar sizning hayot tarzingiz va sharoitingiz uy hayvoni boqishga imkon bersa, bu sog‘lig‘ingiz uchun ijobiy investitsiya bo‘lishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar