20:45 / 11.08.2021
2 325

Samarqandda 1 gektar yerni 200 ming dollarga sotishga uringan qarindoshlar qo‘lga olindi


Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida 1 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, R.Sh. ismli 33 yoshli xususiy tadbirkor qarindoshi 66 yoshli G‘.N. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, tumanning «Do‘stlik» massividagi «Kimyogarlar» mahallasi hududidan yengil konstruksiyali issiqxona qurish uchun ajratilgan 1 gektar yer maydonini fuqaro A.Sh.ga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida R.Sh. va G‘.N. mazkur fuqarodan kelishilgan mablag‘ning 190 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 1 gektar yerni 200 ming dollarga sotishga uringan qarindoshlar qo‘lga olindi