23:00 / 13.10.2021
2 693

O‘zbekistonda endi yoshlarning alohida toifalariga garovsiz kreditlar ajratiladi

O‘zbekistonda endi yoshlarning alohida toifalariga garovsiz kreditlar ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining qarori (637-son, 12.10.2021-y.) bilan «temir daftar» va «ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «yoshlar daftari»ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, kreditlar banklar tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik shartlarida beriladi.

Kreditlar yoshlarning alohida toifalariga garovsiz asosda ajratiladi. Bunda tegishlicha «Saxovat va ko‘mak», «ayollar daftari», «yoshlar daftari» jamg‘armalari kafilligi taqdim etiladi. Kafillik berilganligi uchun to‘lov (mukofot puli) undirilmaydi.

Qarz oluvchilar, jumladan, quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo‘lishi lozim:
- 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan;
- yangi (ikkala tomon uchun birinchi marotaba) turmush qurgan;
- ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka krediti olmagan bo‘lishi kerak.

Shunga ko‘ra, yoshlarning alohida toifalariga kreditlar:
- bozor stavkasida mijoz xohishiga ko‘ra 6 oy imtiyozli davr bilan;
- 20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga;
- boshlang‘ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo‘shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
- bir qarz oluvchiga 33 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda beriladi.

Tegishli hujjatlar to‘liq taqdim qilingandan so‘ng bank 3 ish kunida ariza beruvchiga kredit berish masalasini ko‘rib chiqadi.
Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, kredit shartnomasi imzolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda endi yoshlarning alohida toifalariga garovsiz kreditlar ajratiladi