EF English Proficiency Index dunyoning turli davlatlarida ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston ro‘yxatdagi 112-davlat orasida 88-o‘rinni egallagan.
Reytingda O‘zbekiston ingliz tilini bilish darajasi «juda past» hisoblanuvchi mamlakatlar guruhiga kiritilgan bo‘lib, undan yuqori pog‘onada Afg‘oniston (87-o‘rin), pastida Suriya (89-o‘rin) joylashgan.
Shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham ro‘yxatga kiritilgan, xususan, Qozog‘iston — 96-o‘rin, Qirg‘iziston — 101-o‘rin, Tojikiston — 103-o‘rin. Turkmaniston ro‘yxatga kiritilmagan.
Ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha kuchli uchlikdan Niderlandiya, Avstriya va Daniya o‘rin olgan.
Reyting mualliflarining ta’kidlashicha, 2020 yil bilan taqqoslaganda, 30 yoshdan kattalarda o‘sish kuzatilgan, 40 yoshlilar esa birinchi bor o‘rtacha til bilish darajasiga kiritilgan. Bu kabi tendensiya katta yoshli insonlar kasbiy faoliyati davomida til ko‘nikmalarini egallay olishi mumkinligini isbotlaydi.
«2015 yildan buyon 30 yoshdan kattalar 21-25 yoshlilar bilan taqqoslaganda, o‘zlarining ingliz tilini bilish darajasini uch barobarga yaxshilagan», — deyiladi izohda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?
Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi
Rossiya qo‘shinlari Umanskoye qishlog‘ida SSSR bayrog‘ini o‘rnatdi
Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi