Foto: «Dunyo» agentligi
Avstriyadan O‘zbekistonga COVID-19 ga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlash doirasida 150 ming doza AstraZeneca vaksinasi jo‘natildi, deb xabar beradi «Dunyo» agentligi.
O‘zbekistonning Venadagi YEXHT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy missiyasi ma’lumotiga ko‘ra, vaksinalar Avstriya hukumati tomonidan beg‘araz yordam va mustahkam do‘stlik ramzi sifatida taqdim etilgan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning Venadagi elchisi Abat Fayzullayev Avstriya Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan birgalikda Toshkentga insonparvarlik yuklarini jo‘natish marosimida ishtirok etgan.
Vaksinalarni manzilga bezarar yetkazib berish uchun tomonlar tibbiy mahsulotlarni tashishning barcha jihatlarini ta’minlashni nazarda tutgan. Xususan, vaksinalar maxsus sovitkichli konteynerga joylashtirilgan. Unda sovitish jarayoni va 2-7 darajali harorat ta’minlanadi. Yukni Toshkentga yetkazish Vie Pharma Handling Center maxsus transport xizmati tomonidan amalga oshirilmoqda.
Gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga Avstriya Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxartning 7–8 noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan edi. Tashrif doirasida Avstriya tashqi siyosat mahkamasi rahbari O‘zbekiston Tashqi ishlar va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari rahbarlari bilan uchrashgan.
Mixael Linxart O‘zbekiston Avstriyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng muhim hamkori ekanini ta’kidlagandi. Shuningdek, Avstriya fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda ko‘rsatgan yordami uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirgan. «Bu do‘stlikning kuchli belgisi edi», — deya qayd etgan edi avstriyalik diplomat.
Eslatib o‘tamiz, sentabr o‘rtalarida O‘zbekistonga Germaniyadan 356 ming doza, Polshadan esa 252 ming doza AstraZeneca vaksinasi keltirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi