Karabayevlar oilasida quvonch: ular ikkinchi bor ota-ona bo‘lishdi

Mirkamol Karabayev va turmush o‘rtog‘i Yulduz Karabayeva yana bir bor ota-onalik baxtiga muyassar bo‘lishdi. Ular ushbu quvonchli xabarni ijtimoiy tarmoq orqali muxlislari bilan bo‘lishdi.
Yulduz Karabayeva o‘zining Instagram sahifasida chaqaloq haqida samimiy so‘zlar yozib qoldirdi:
“Alhamdulillah. Seni so‘z bilan emas, yurak bilan sevamiz, Maryamxon”. Shu orqali yangi tug‘ilgan qizaloqqa Maryamxon ismi qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, juftlik 2021 yilda ilk bor ota-ona bo‘lgan edi. Ularning birinchi farzandi ham qizaloq bo‘lib, unga Rohatxon deb ism qo'yishgan. Hozirda katta qizi 4,5 yoshga kirgan.
Karabayevlar oilasidagi ushbu quvonchli voqea muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab kuzatuvchilar yangi mehmon bilan tabriklab, samimiy tilaklar va ezgu duolar yo‘llashmoqda.
Bu yangilik yana bir bor oila baxti va farzand ne’mati har qanday inson hayotida eng ulug‘ qadriyatlardan biri ekanini ko‘rsatdi.
