date

"Ummon" guruhi a’zolari Jasur Rafiqovning unutilmas xislatlari haqida ochiq gapirishdi

"Ummon" guruhi a’zolari Jasur Rafiqovning unutilmas xislatlari haqida ochiq gapirishdi

“Ummon” guruhining Humo Arena’dagi konsertidan so‘ng berilgan intervyulardan birida muxlislarni ta’sirlantirgan savol yangradi. Suhbat davomida san’atkorlardan marhum guruh a’zosi Jasur Rafiqov haqida so‘raldi.

“Uni yodga olganda ilk xayolga keladigan xislat nima?” degan savolga guruh a’zolari samimiy javob qaytardi. Xonandalar Jasur Rafiqovning eng katta fazilatlaridan biri uning rostgo‘yligi bo‘lganini aytishdi.

“Birinchi o‘rinda uning rostgo‘yligi. Har doim yuzingizga gapirgan, haqiqatni aytgan, juda to‘g‘riso‘z inson edi”, — deya esladi guruh a’zolari.

Mazkur so‘zlar ijtimoiy tarmoqlarda ham keng tarqaldi. Muxlislar Jasur Rafiqovni iliq xotiralar bilan eslab, uning “Ummon” guruhi tarixidagi o‘rni alohida bo‘lib qolishini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » "Ummon" guruhi a’zolari Jasur Rafiqovning unutilmas xislatlari haqida ochiq gapirishdi