date

Bekzod Isxakov “El-yurt faxri” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi (foto)

Bekzod Isxakov “El-yurt faxri” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi (foto)

Aktyor Bekzod Isxakov o‘zining Instagram sahifasi orqali muxlislari bilan quvonchli yangilikni bo‘lishdi. U “El-yurt faxri” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganini ma’lum qildi.

San’atkor postida ushbu kun uning hayotidagi eng unutilmas lahzalardan biri bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi. “Bu nafaqat mukofot, balki xalqning ishonchi va mehrini his qilishdir”, — deya yozdi u.

Bekzod Isxakovning so‘zlariga ko‘ra, san’at yo‘lida qilgan mehnatining qadrlanishi uni chuqur hayajonga solgan. U aktyor va qo‘shiqchi sifatida xalq hurmatini eng katta boylik deb bilishini ham alohida qayd etdi.

Shuningdek, u o‘zini qo‘llab-quvvatlagan ustozlari, oilasi, yaqinlari va muxlislariga samimiy minnatdorchilik bildirdi. “Bu e’tirof menga yanada katta mas’uliyat va kuch berdi. Xalqim uchun xizmat qilishdan to‘xtamayman. Rahmat, O‘zbekistonim”, — deya o‘z fikrlarini yakunladi.

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi. Izohlarda muxlislar aktyorni ushbu yutuq bilan tabriklab, unga yanada katta muvaffaqiyatlar tilab qolishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Bekzod Isxakov “El-yurt faxri” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi (foto)