V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 3-sinf oʻquvchisi Asilbek Mirzaahmedov Ozarbayjon davlatining Boku shahrida oʻtkazilgan ”Azad Aliyev” nomidagi Skripkachilarning I Xalqaro tanlovida ishtirok etdi.
Mazkur tanlov Boku shahridagi Uzeyr Gadjibeyli nomidagi Boku musiqiy akademiyasida ikki turda oʻtkazildi. Xalqaro tanlov hayʼati aʼzolari orasida Oʻzbekiston Xalq taʼlimi aʼlochisi Maʼsuda Ahmedova ham taklif etildi.
M.Ahmedova tanlov ishtirokchilarining ijro mahoratini professional darajada obyektiv baholagani uchun maxsus ”Hayʼat aʼzoligi Diplomi” bilan taqdirlandi.
Xalqaro tanlovda Rossiya, Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Ukraina kabi davlatdan ishtirokchilar qatnashdi.
Tanlovda vakilimiz Asilbek Mirzaahmedov “I darajali” diplom bilan taqdirlanib, Ozarbayjon kuyini eng chiroyli ijro etgan ishtirokchi sifatida qayd etildi. Bundan 10 oy avval u Italiyaning Barletta shahrida oʻtkazilgan “Citta di Barletta” deb nomlangan yosh musiqachilarning xalqaro tanlovida ishtirok etib Gran Pri sohibi boʻlgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda