22:39 / 04.06.2020
2 263

Innovatsion asrning tabiiy ifori…

Innovatsion asrning tabiiy ifori…
Har bir xalqning faxru iftixori uning milliy madaniy meroslarida bo‘lib ,bizning ona zaminimiz ham o‘zining bir qator madaniy meroslariga egaligi bilan dunyo san’at ixlosmandlarini lol qoldirib kelmoqda. Shu qatorda o‘zbek milliy cholg‘ulari ham uzoq yillik tarixiga ega bo‘lib, xalqimizning azaliy va bardavom qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Ularning har bir turi o‘z tarixiga ega bo‘lib, barchasi o‘ziga hosligi bilan, bir biridan yoqimli ovozi bilan ajralib turadi.

Istiqlol shabadasi bilan ajdodlarimizdan qolgan bu madaniy meroslarni yanada chuqur o‘rganish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Ijtimoy, iqtisodiy sohalar qatori mamlakatimiz madaniyati va san’atida ham AKT o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Hozirgi davrda, ya’ni, texnika taraqqiy etayotgan davrda barcha musiqiy cholg‘ularni innovatsion texnikalashtirilgan (electron) musiqiy asboblarni ko‘rishimiz mumkin. Texnikalashtirilgan musiqiy cholg‘ular tabiiy cholg‘ulardan ko‘rinish, ya’ni dizayn tarafidan mukammallashtirilgan, ovoz jihatidan diapazoni ham bir xil bo‘lishi mumkin.

Ammo undagi torlarning sadolanishi tabiiylikdan mutlaqo farq qiladi. Ma’lumki , “ Yamaxa”, “Cort”, “Ibanez”, “Musicman” kabi bir qator mashhur firmalar tomonidan musiqa asboblarining kompyuterlashtirilgan turlari ishlab chiqariladi. Pianino, gitaradan ko‘p marta kuchli tovush tembriga hamda keng tovush chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan musiqa asboblari yaratilgan.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek kompyuterlashtirilgan musiqiy cholg‘ular markalari dunyoga tanilmoqda. Misol uchun,
Amerika Qo‘shma Shtatlari elektron musiqiy cholg‘ular markalari:
I.B.C Rich
II.DBZ
III.Dean
IV.Epiphone
V.Extreme
VI.Fender
VII.Gibson
VIII.Hamer
IX.Jackson
X.Washburn

Italyan elektron musiqiy cholg‘ular markasi:
I.Eko

Kanada elektron musiqiy cholg‘ular markalari:
I.Eastwood Guitars
II.Godin Guitars

Yapon elektron musiqiy cholg‘ular markalari:
I.Arisa
II.ESP
III.Fernandes
IV.Greco
V.Ibanes
VI.Yamaxa
VII.Zemaitis

Yuqorida kelitirib o‘tilgan firma markalari o‘zining sifat darajasi bilan dunyo miqyosida tan olinganligi shubhasiz. Dunyo bilan hamnafas bo‘lish, kelajak avlodni yangi innovatsion g‘oyalar bilan hayotga, ilmga chanqoqlik hissini uyg‘otish barcha o‘qituvchi murabbiylar oldidagi ulkan maqsadlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Lekin inson texnika taraqqiyotiga sho‘ng‘ib, o‘zining milliy qadriyatlarini unutmasligi kerak. Nega deganda, insonni ma’nan yetuklik darajasi kelajakda yanada mustahkam bilim egasi bo‘lishiga xizmat qiladi. Shunday ekan, milliy musiqa merosini tiklash, uni yanada bardavom etish biz yosh-kelajak avlod qo‘lidaligi shubhasiz.

Yurtimiz shunchalik o‘zining boy musiqiy tarixiga egaki, dunyo olimlari ham bundan taajjubda. Asrlar mobaynida o‘z jilosini yo‘qotmay saqlab qolgan.

Jumladan, Abdurauf Fitratning “O‘zbek klassik musiqasi va tarixi” nomli ilmiy va ommabop risolasida o‘zbek milliy musiqasi tarixi, milliy kuy qo‘shiqlar, milliy cholg‘u asboblar haqida to‘liq ma’lumot berilgan. Milliy cholg‘ularimiz o‘z o‘zidan milliy musiqiy merosimizni shakllantirishiga xizmat qiladi. Bu esa o‘z navbatida cholg‘ularimizni yaratilish davri bir necha yuz ming yillar oldinligidan dalolat beradi.

Qadimda xalqimiz, san’atsevar musiqa shinavandalari ko‘p yurt hisoblangan. Hattoki so‘z mulkining sultoni hazrati Mir Alisher Navoiy o‘z zamonasidagi eng ko‘p tarqalgan musiqiy cholg‘ular hamda musiqa nazariyasi bilan qiziqqan. Shoir o‘zining “ Mahbub ul qulub” dostonida musiqaga, cholg‘ularning har biriga alohida ta’rif bergan obrazlari o‘zining badiiyligi bilan ajralib turadi:

Mayxonada kim maydin ibo qilgay,
Nay bir dilkash navo bilan ani rasvo qilgay.
Agar kishi may havosini boshdin chiqarur,
G‘ijjak nolasi bilan anga yolvorur.
Va tanbur pardadagi fitnadin halok etar,
Va ofiyat pardasin chok etar.
Va chang zorlig‘ bilan bo‘g‘zin tortar,
Va ud lissoni nag‘masi targ‘ibi chandon ham ortar.
Andakim rubob boshin yerga kuyub ko‘rguzgay,
Va kubuz quloq tutib oyga targ‘ib ohangin tuzgay.
Chun qonun va chag‘ona nolasi quloqda tushgay,
Va mahvashi soqi yukini may oyoqda tushgay.
Ul vaqt zuxdu taqvoga ne e’tibor,
Va hushu xiradga ne ehtiyor.


Shoir ijodi asosan doston-g‘azallardan tashkil topgan bo‘lsa ham musiqaga bo‘lgan qiziqishi, keltirib o‘tgan parchamizdan ko‘rinib turibti. Har bir cholg‘uning ohangi inson qiyofasiga o‘xshatilgan. Negaki musiqa insoning kayfiyatiga, uning ichki olamiga kirib unda har xil kechinmalarni his ettirishi mumkin.

Qadimiy ammo, hozirgi kunda ham o‘z o‘rnini yo‘qotmagan cholg‘ularimiz limmolim. Jumladan, Abdurauf Fitrat o‘zining adabiyotida o‘zbek milliy cholg‘ulari haqida quyidagi fikrlarni aytib o‘tgan: “Bizning cholg‘ularimizning eng kattasi tanburdir. “Shashmaqom” kuylari tanburdagina ijro etiladir. Tanbur tut yog‘ochdan yasaladir.”Darhaqiqat, tanbur cholg‘usi uzoq yillik o‘tmishiga ega. Milliy ansambl yoki orkestrlarimizda bu cholg‘uning o‘z o‘rni bor. Uning quyi registrni egallashiga qaramay ansambl tarkibida bas vazifasini bajara olmaydi. Shuning uchun ham tanbur kamer cholg‘u hisoblanadi.

Qadimda bu cholg‘uda ikki tor bo‘lgani, so‘ngra Xusayn boyqaro zamonida Maxmud Shayboniy ismli musiqashunosning unga bir tor orttirgani to‘g‘risida fikrlar keltirib o‘tilgan. Keyinchalik ko‘pgina o‘zbek xalq cholg‘ulari rekonstruksiya qilinishi qatorida tanbur ham rekonstruksiya qilindi. Hozirgi davrda bu cholg‘uda nafaqat og‘ir kuylar, balki milliy kuylarimizni kover talqinlarida, tezlashtirilgan (remix) variantlarida ham o‘zgacha ohang tusini bag‘ishlamoqa.
Cholg‘ularimiz haqida gap ketar ekan, ular haqida soatlar gapirsak ham kam.

Istiqlol sharofati bilan, milliylik iforini qaytarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlarni bu yo‘lda qo‘llab quvvatlash kabi bir qator tashabbuslar ilgari surilmoqda. Prezidentimiz qarori bilan ilgari surilayotgan “5 tashabbus” buning yorqin dalili.
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi milliy musiqa san’atining eng yaxshi na’munalarini keng targ‘ib qilish va rivojlantirish, yosh avlodda san’atga muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish hamda xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, madaniy-ma’naviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish maqsadida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini tashkil etgan.

Festival 1997 yildan buyon har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahridagi ko‘hna “Registon” maydonida keng nishonlanadi. Festivalda ishtirokchi davlatlar soni yildan yilga ko‘payishi san’atimiz dunyo uzra tanilayotganidan darak beradi. Jumlada, I festivalda 34 da davlat, II festivalda 36 ta davlatdan 250 dan ortiq vakillar o‘z san’atlarini namoyish etganlar. Bu kabi chora tadbirlarni keng targ‘ib qilishdan asosiy maqsad, Sharq xalqlari musiqa madaniyatini saqlab qolish, mustahkamlash, rivojlantirish, ma’nan sog‘lomlikka yetaklashga xizmat qiladi. Qanday davr bo‘lmasin, milliyigimiz doim bardavom va u abadiydir.

O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi 2-bosqich talabasi
Tairova Dilafruz Odil qizi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Innovatsion asrning tabiiy ifori…